Qimorni qoralab chiqqanlar ham uni reklama qilyapti…
Maqsadi poyga bahona qimor ortidan pul ishlash bo’lgan Asbob Tashoqov haqida sizlarga aytgandim.
U o’zbekistonlik Sanjar bilan video yukladi. Ikkalasi juda yaqin o’rtoqqa o’xshaganidan bularning barchasi oldindan uyushtirilganligi yuzaga chiqyapti.
Lekin meni e’tiborimni tortgan narsa boshqa: O’zbekistonlik Sanjar Jahongir bilan birgalikdagi videosida ikkalasi ham qimorga munosabati yomonligi va odamlar qimorga aralashmasliklari kerakligini ta’kidlab o’tishdi.
Ammo bugun qarasam Sanjar moshinasida online qimor kompaniyasining logotiplarini yopishtiribdi. Izohlarda buni qandaydir poygada ishtirok etish sharti deyishdi. Bilmadim.
O’zbekistonda hozircha qimor reklamasi taqiqlangan.
Mayli, har kim o’ziga o’zi javob beradi.
Lekin hozir sizlardan iltimos qilmoqchiman.
Qimor reklamasini joylashtirgan har qanday bloger, sayt, kanal, telekanal, radio va boshqa har qanday manbalardan voz keching. Chunki ular qimorni reklama qildimi, demak pul deb sizdan voz kechib bo’lishgan.
Blogerlar orasida ham qimor reklamasini qilish - «зашквар» ya’ni “pastkashlik” hisoblanadi.
Endi blogerlarga murojaat: Bilaman, qimor kompaniyalari juda katta pul taklif qiladi. Balki siz shu pulga muhtojdirsiz. Lekin, insofingiz qimmatroqdir?
Din haqida gapirmayman. Dindan xabari bo’lgan odamga qimor haromligi haqida gapirish shart emas.
«Деньги не пахнут» (“Pulning hidi yo’q - qayerdan kelishini farqi yo’q”) degan shior bilan yashamang.
Qimorni qonuniylashtirmoqchi bo’lganlar o’zi xalqqa o’zi tupurib qo’ygan. Sizlar ham tupursangiz, cho’kadi.
@trolluz