Barcha "vatanparvar" blogerlarni tabriklayman. Sizlardan yaxshigina foydalanishdi.



Bir hafta oldin bittagina video joylashtirib bir rossiyalik chala bloger butun MDH davlatlarida mashhur bo'ldi. Keling uni Tashoqov deylik.



Xullas Tashoqov O'zbekiston va Tojikiston blogerlariga poyga o'ynashga "вызов" ya'ni chaqiriq tashladi. Aytishicha mashinasi bilan kelib poyga qilarkan. Poygani yutganga ikkinchi mashina sovg'a ekan. Yoniga Rolls Royse ham berilarkan go'yoki.



Unga javoban qoni qaynagan vatanparvar o'zbek va tojik o'g'lonlari ketma-ket Tashoqov belgilab otvet olishdi. Natijada Tashoqov Tojikistonda O'zbekistonda mahshur bo'lib ketdi.



Orada sovg'a qiymati ham oshib ketdi. O'zbekistonlik bloger 500 ming dollar tikkan bo'lsa, Tashoqov 1 mln dollargacha oshirib bozorga aylantirib yubordi.



Qisqasi, poygasi hali amalga oshmagan bo'lsa ham millionlab odam Tashoqov haqida eshitdi. Bu bolaning asl maqsadi ham aslida shu.



Poyga hali bo'lmay turib "Poygani telegram kanalimda tomosha qiling" deb videolar olyapti. 1 haftada telegram kanaliga 250 ming odam obuna bo'lgan. Aniq bilaman orasida o'zbekistonliklar ham juda ko'p.



Telegram kanalida esa 90% postlar qimorni reklamasi. Orada qaysidir o'zbekistonlik Tashoqovga ishonib pullaridan ham ayrildi.



Xullas minglab insonlar o'zi istamagan holda qimor targ'ibotida ishtirok etdi. O'sha aytgan 1 mln dollar pulini ham Tashoqov allaqachon chiqarib bo'lgandir. Chunki qimor o'ynab yutqizilgan pullarning kamida 50% unga reklamasi uchun mukofot sifatida jo'natiladi.



Tashoqov poyga o'ynasa ham, o'ynamasa ham g'olib chiqdi. Chunki qimor o'ynagan emas, o'ynatgan doim yutadi.



O'zbekiston sha'nini himoya qilish uchun qimorchi bilan poyga uyushtirishdan yaxshiroq usullarni qidiringlar.



@trolluz