Agar piyoda yo’laklarini 5-10 sm ga ko’tarib qo’ysa haydovchilar istasa istamasa sekinlashadi. Ular uchun inson hayoti aziz bo’lmasada, mashinasi juda aziz.



Shahar ichida birinchi o’rinda piyodalar bo’lishi kerak. Haydovchilarning qulayligi deb piyodalarni qo’shimcha 2-3 daqiqa vaqtini sarflashga majbur qilish xato.



Qolaversa inson baribir vaqt tejayman deb svetofor bo’lmagan joydan yugurib o’tib ketaveradi. Tabiatimiz shunday. Buni o’zgartirib bo’lmaydi. Yer osti yoki yer usti yo’laklar bir qarashda yaxshi yechim bo’lib ko’rinishi mumkin, ammo aslida xavfni orttiradi. Yer usti yo’llaridan bolangiz bilan aravachada o’tib ko’ring, keyin bilasiz. Qolaversa barcha o’tish joylarini yer osti/usti qilib qurishning shunchaki iloji yo’q. Pul yetmaydi.



Chet elda shahar ichida harakatlanish tezligi juda chegaralangan. 60 km tezlikka yig’lab yurganlar, rivojlangan davlatlarda piyodalar gavjum joylarda tezlik 20-30 km qilinganini ko’rsa jinni bo’lib qolsa kerak.



Shaxsiy avtomobillar ikkinchi darajali transport bo’lishi kerak. 10 yil pul yig’ib mashina sotib olganlar bu fikrga qo’shilmaydi albatta, lekin dunyo bo’ylab bir necha o’n yillik shaharsozlik tajribasi shuni ta’kidlamoqda. Baribir shu darajaga chiqamiz. Ammo ungacha juda ko’p ortiqcha xarajat qilib qo’yamiz.



@trolluz