Billing to'g'ri ishlayaptimi?
Menda 2 oy ichida deyarli 500 kWh elektr toki noto'g'ri hisoblangan. Nega?
Shaxsiy kabinetda tizim 1917 kWh ko'rsatyapti. Hizoblagich ko'rsatkichlari esa 1427 kWh ga yaqin. Farqi 490 kWh!
Bugun shunga aniqlik kirittishga harakat qildim. Balki sizda ham shunday vaziyat bo'lishi mumkin.
Bugungi kunda billing qanday ishlashini sodda qilib olmalar misolida tushuntirishga harakat qilaman (o'zim tushunganimcha). Aytgancha "billing" o'zi - "hisob-kitob", "hisoblash" degani.
Toshmat (iste'molchi) har kuni olma (elektr toki) yeydi. Yegan olmalari sonini har kuni soat 00:00 bo'lishi bilan kundaligi (hisoblagich) ga yozadi va otasiga telegram (onlayn) orqali jo'natadi. Otasi esa har oyning oxirida telegram orqali kelgan ma'lumotlarni olib o'zining yon daftarchasi (billing) ga yozib boradi. Aynan oylik. Kunlik emas.
Masalan:
01.05.2024 - 31.05.2024 Toshmat 60 ta olma yedi.
01.06.2024 - 30.06.2024 Toshmat 90 ta olma yedi.
O'rtacha oyiga: 75 ta olma. ((60+90)/2)
O'rtacha kuniga: 2,5 ta olma ((75/30)
Toshmatning oylik normasi 40 ta olma. Otasi olmalarning 40 tasini 1 so'mdan, qolganini 2 so'mdan hisoblab Toshmatdan pul oladi.
Ha-ya, otasining aytishicha, olamalarning narxi o'zi asli 2 so'm. "Bolamga yordam bo'lsin" deb otasi 1 so'mdan beryapti ekan.
Lekin nimadir bo'lib otaning yon daftarchasi yo'qolib qolsa (hisoblagich buzilsa) yoki o'g'lidan telegram orqali xabar olmay qolsa (hisoblagich serverga ma'lumot yubormasa). Otasi o'tgan oydagi o'rtacha kunlik 2.5 olma soniga tayanib Toshmat har kuni 2.5 ta, oyiga 75 ta olma yeyapti deb yozib ketaveradi.
Aslida esa Toshmat 1 oydan beri buvisinikida. Anor yeb yuribdi. Ammo yemagan olmalari uchun yon daftarda qarz yozilaveryapti.
Bundan xafa bo'lgan Toshmat norozilik bildiradi. Shunda otasi Toshmanting yoniga o'zi kelib bolasining kundaligini tekshiradi. Qarasa olma yemagan. Qarzni bekor qiladi.
Juda chaynalib ketti-yu, soddalashtirishga harakat qildim. Balki video ko'rinishida qilib tushuntiraman.
Xullas menda ham xuddi Toshmatdagidek holat bo'ldi.
Shaxsiy kabinetimda:
Hisoblagich so'ngi "obxod" kuni 26.04.2024 da bo'lgan. Shundan keyin bugungi kunga qadar "obxod" bo'lmagan.
Xullas bugungi kungacha eski "obxod"ga tayanib o'rtacha kunlik 10 kWh ko'rsatgichlarni har kuni yozib ketavergan. Iyun oyida Toshkentda yashamagan bo'lsam ham, "Iyunda 314 kWh ishlatibsan" degan sms shuning uchun kelgan.
Buning sababi "Kimdir hisoblagichni transformatordagi bir seksiyadan boshqa seksiyaga o'tkazgan" deyishdi. Ya'ni mening qo'shnilarimda ham xuddi mendagi kabi ahvol. Buni 2 oy ichida hech kim tekshirmagan... O'zbekiston bo'yicha bunday holatlar qancha bo'lishi mumkin.
Endi HET dan kimdir kelib transormatorni tekshirib ketsa, 1-2 kunda 1917 kWh bo'lib turgan ko'rsatgich hisoblagichniki bilan bir xil bo'lib qolishi kerak. Va 490 kWh "ortiqcha" yozilgan elektr toki tizimda o'chiriladi.
Aytib o'tish joiz, bu vaziyatda tizim ortiqcha kWh yozayotganining asosiy sababi hisoblash usulining mukammal emasligida. Ular ataylab ko'paytirib yozyapti deya olmayman. Shunchaki tizim yengi "obxod" qilinguncha eski "obxod"ga tayanib yozyapti. Bu noto'g'ri.
Savollarim:
Nega har kuni hisobot beradigan hisoblagichning ko'rsatgichlari Shaxsiy kabinetda har kuni yozilmayapti? "Obxod"ni oyda bir marta qilish o'rniga har kuni qilish imkoni yo'qmi? Nima sababdan "obxod" bo'lmagancha tizim o'rtacha ko'rsatgichlarni yozib ketaveradi va abonentni qarzdor qilib qo'yadi?
Bu savollarning barchasiga javob yangi billing bo'ladi deb umid qilaman.
Oldin shaffof, tushunarli, sodda hisob-kitobni yo'lga qo'yib, keyin normalarni kiritishsa yaxshi bo'lar edi.
@trolluz